Rasululloxni kuldirgan saxoba

Assalomu alaykum! Bir maro‘zada Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni bir saxoba xar doim gapirib kuldirganligi xaqida eshitdim. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisda quyidagicha keladi: عَنْ عُمَرَ بْنِ الْخَطَّابِ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ رَجُلًا عَلَى عَهْدِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ اسْمُهُ عَبْدَ اللهِ، وَكَانَ يُلَقَّبُ حِمَارًا، وَكَانَ يُضْحِكُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، وَكَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَدْ جَلَدَهُ فِي الشَّرَابِ، فَأُتِيَ بِهِ يَوْمًا فَأَمَرَ بِهِ فَجُلِدَ، فَقَالَ رَجُلٌ مِنَ الْقَوْمِ: اللَّهُمَّ الْعَنْهُ مَا أَكْثَرَ مَا يُؤْتَى بِهِ. فَقَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لَا تَلْعَنُوهُ، فَوَاللهِ مَا عَلِمْتُ {إِلَّا} أَنَّهُ يُحِبُّ اللهَ وَرَسُولَهُUmar ibn Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning davrlarida Abdulloh degan kishi bo‘lib, uning laqabi «eshak» edi. U Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni kuldirib turar edi. Lekin Nabiy sollallohu alayhi vasallam uni ichkilik tufayli savalatgan ham edilar. Bir kuni uni yana olib kelishdi. U zot buyurdilar, uni savalashdi. Shunda qavmdan bir kishi: «Allohim, uni la’natlagin, buncha ko‘p olib kelinavermasa!» dedi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Uni la’natlamanglar! Allohga qasamki, u Alloh va Uning Rasulini yaxshi ko‘radi deb bilaman», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan "Sahihul Buxoriy"). Vallohu a’lam!

8 May 2022, 15:58 | Savol-javoblar | 167 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar