Xizmat xaqiga tilla olish

Assalomu alaykum! Zargar ish xaqi uchun tilla olsa bo‘ladimi? Agar mumkin bo‘lsa nimalarga etibor berish kerak? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shu olib kelgan tillangdan falonchasini xizmat haqimga olib qolaman deyishi noto‘g‘ri. Mutlaq qilib, men xizmat haqimga tilla olaman, xohlagan joyingizdan topib kelib ber desa, xo‘p deb kelishib, ish bitgach ortib qolgan tilla sizga xizmat haqi desa bo‘ladi. Bunga ulamolar tahhon ya’ni tegirmonchining qafizi hadisini keltirishgan. Unda shu olib kelgan bug‘doyingni bir qismini xizmat haqiga olaman desa joiz emas deyilgan. Fuqaholar shu bug‘doydan deb tayin qilish joiz emas, mutlaqo biz pul olmasdan xizmat haqimizga bug‘doy olamiz desa, olib keluvchining ixtiyori. Xohlasin xizmat haqiga alohida bug‘doy olib kelsin yoki olib kelganidan ajratib, qolganini un qilib bering desa ham bo‘ladi  deganlar. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 15:58 | Savol-javoblar | 154 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar