Auktsion

Assalomu alaykum! Bir kishi bankdan kredit olib to‘lash muddati kelganda to‘lolmasa va bank xodimlari o‘sha pul miqdoriga to‘g‘ri keladigan (misol uchun mashina)ni olib qo‘ydi va o‘sha mashinani Auktsion orqali sotuvga qo‘ydi. O‘sha mashinani Auktsion orqali olib xaydash joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bir qoidani bilib olish kerak: Haqdor qarzdordan olib qo‘ygan garovdagi mulkini sotishi joix. Faqat bunda qarz miqdoriga to‘g‘ri keladigan va undan oshmaydigan mulkni olib qo‘yib sotuvga qo‘ysa, uni harid qilish joiz. Ammo qarzga kredit foizlari yoki peniya va jarimalarni ham qo‘shib, umumiy summaga to‘g‘ri keladigan mulkni olib qo‘ygan bo‘lsa uni sotib olish joiz emas. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 18:59 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar