Qarzni qiyomatga qoldirish

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, men bir kishining avtomashinasini o‘zaro kelishib sotib oldim va avtomashinaga salkam 1.5 mln sarflab uni ta’mirlatdim va bozorga tayyorlab 1 oy deganda sotdimi va oformleniya paytida mashinani taqiq borligi ma’lum bo‘ldi. 3 yil oldin egasini bir ishi yuzasidan 150.000 so‘m qarzi bor ekan, mashina egasi mendan pulim yo‘q tez kunlada qaytaraman deb qarzga o‘g‘li guvoxligida shu pulni mandan oldi va sudga to‘ladi. Notariusga yana bordik, mashina sotib olgan kishidan qanchaga oldiz deb so‘radi va xaridor olgan narxini yashirmay to‘g‘ri aytdi. Shunda ota bola menga g‘alati qarab qo‘ydi va men anchagina foyda qilganimni bildi. Endi esa 2 oydan beri qarzni beray demayapti. Shu pulni bermasa endi qaytib so‘ramoqchimasman, ichimda “bermasa bermas qiyomatga qolsa qolar” deb yuribman.  Shu ishim to‘g‘rimi? O‘zi bergisi yo‘q, manam o‘zimga o‘zim endi so‘ramiman dib qo‘ydim.  Javobiz uchun oldindan katta rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qiyomatga qoldirmasdan yoki oling, yoki kechib yuboring. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:38 | Savol-javoblar | 181 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar