Zakotim bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Tug‘ushgan opamni 3 nafar farzandi bor. Qaynona qaynotasi bilan yashaydilar. 2 ta qayni ukasi ham bor. Endi ular mustaqil bo‘lib chiqishyabdi. Pochcham er sotib olib uy qurayabdi, men ustaman. Ularni uylariga borib qurulishda yordam berib ishlasam va ish haqi olmasdan shuni zakotga hisoblasam zakotim bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zakot bo‘lmaydi. Zakotda o‘z mulkidan niyat qilib, zakot deb ajratish va faqir-miskinga mulk qilib berishi shart. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 19:37 | Savol-javoblar | 162 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar