Taloqni orqasidan yana taloq aytsa

Assalomu alaykum! 3 taloqdan so‘ng, nikoxni yangilatmokchi bo‘lganda men domlaga savol berganman, 3 taloqqa yo‘l yo‘qku desam, birinchi taloqsan degan paytda sizlar begona bo‘lib bo‘gansilar, keyin 3 taloq deganda, xuddi begona ayolga taloq bergandek bo‘gan deb fatvo chiqargan, shu ishi to‘g‘rimi? Bu voqea 2007-yil bo‘lgandi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Domla masalani bilmas ekan. Er bir taloq qo‘yganidan keyin ayolning iddasi chiqqunicha erning hukmida bo‘ladi. Ayolning nafaqa va ximoyasi erning zimmasida bo‘ladi. Shuning uchun idda ichida yana taloq qo‘ysa taloq tushaveradi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 19:48 | Savol-javoblar | 138 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar