Ipak qo‘shilgan kiyim

Assalomu alaykum! Hurmatlik uztoslar sizlarga bir savol bilan murojjad qilyabman men do‘kondan bir futbolga oldim u futbolkada 50% ipok va 50% paxta bor ekan u futbolgani kiysam bo‘ladimi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ko‘p qismi ipak bo‘lgan kiyimlarni kiyish erkak kishiga joiz emas. Harom hisoblanadi. Fuqaholarimiz yarmi ipak yarmi boshqa bo‘lsachi degan savolga : Erkak kishi arqog‘i ibrisimdan (ipakdan), ko‘ndalangi boshqa narsadan bo‘lganni kiysa bo‘ladi. Buning dalili quyidagi rivoyatdan olingan: عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، قَالَ إِنَّمَا نَهَى رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنِ الثَّوْبِ الْمُصْمَتِ مِنَ الْحَرِيرِ، فَأَمَّا الْعَلَمُ مِنَ الْحَرِيرِ، وَسُدَى الثَّوْبِ، فَلَا بَأْسَ بِهِ رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالْحَاكِمُ Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sof ipakdan bo‘lgan kiyimdan qaytarganlar, xolos. Ammo belgi uchun yoki uzun arqoq uchun ipak ishlatilgan bo‘lsa, hech gap emas». Abu Dovud va Hokim rivoyat qilishgan. Bu rivoyatdan esa kiyimlik mato to‘qish paytida uzun tarafiga ishlatiladigan arqoqning ba’zisi ipakdan qilinsa joizligi kelib chiqmoqda. Chunki bunda ishlatiladigan ipakning miqdori juda ham oz bo‘ladi. Ammo ko‘ndalangiga ishlatib bo‘lmaydi, chunki u holda ipak ko‘payib ketadi. ("Kifoya" kitobidan). Siz aytgan kiyimlarning eni ham bo‘yi ham ipak aralashgan ipdan bo‘lgani uchun joiz emas. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 22:26 | Savol-javoblar | 153 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar