Taqdir to‘g‘risida

Assalomu alaykum! Biz yaqinda oilamiz bilan kovidga chalinib shifoxonada yotib davolanib chiqdik. Afsuski onam shu kasaldan shifoxonada olamdan o‘tdilar. Bizning axvolimiz Allohga shukur xozirda ancha yaxshi. So‘ramoqchi bo‘lganim shifoxonada onamning axvoli og‘irlashib qolganida shifokorlar menga shifoxonada kislorod yo‘qligini aytib ko‘chadan o‘zim sotib olib kelsam onamga kislorod ulashlarini aytishdi. Men ularga xozirda butun oilamiz karantinda, shifoxonadaligini va o‘zimning xam axvolim yaxshimasligini aytib ularga kislorodni pulini berdim. Lekin ular pulni olishmadi. Tashqaridagi qarindoshlaringa ayt olib kelishsin deyishdi. Men qarindoshlarga aytdim, ular ertaga topib olib keladigan bo‘lishdi. Lekin shu kuni tongda oyim nafas ololmasdan qiynalib ko‘z oldimda vafot qildi. Mening xam axvolim og‘irligi, xolim yo‘qligi sababli xatto janozada xam qatnashaolmadim. Oyimni so‘ngi yo‘lga kuzatishganidan keyin qarindoshlarim axvolim kundan-kunga og‘irlashayotgani sababli meni boshqa shifoxonaga o‘tkazishdi. Xozir uydaman, ancha yaxshiman. Xozirda oyimni taqdiri bo‘yicha xuquqni muxofaza qiluvchi organlarga murojaat qilmoqchi bo‘ldim, lekin maxallada yashaganimiz, o‘zbekchiligimizga borib istixola qildim. O‘zimni o‘zim bu Allohning qismati, oyimning taqdiri peshonasiga shunaqa yozilgan ekan. Nima qilganda xam bundan qochib qutilib bo‘lmas edi deb ovutyapman. Sizlardan so‘ramoqchi bo‘lganim mening shu ishim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri. Ajalga nimadir sabab bo‘ladi, lekin o‘sha muddat etganidan keyin hech narsa qutqara olmaydi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 20:32 | Savol-javoblar | 156 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar