Bemorlarni xaqqi
Assalomu alaykum! Men ruxiy kasalxonada sanitar bo‘lib ishlayman. Savolim shundan iboratki shu kasalxonada bemorlarga davlat non saryog‘ shakar va bayram kunlari boshqa narsalar xam beradi, biz xam bemorlarga bergan narsalardan tanavul qilsak bo‘ladimi xarom eb qo‘ygan bo‘lmaymizmi. Lekin men bir yildan beri bemorlarga bergan narsalarni emayman chunki u meni rizqim emas deb bilaman. Chunki bemorlarga 30gr saryog‘ tegishli bo‘lsa ularga 25gr beradi shakar xam shunday. Lekin nonlari qolib ketadi uvol bo‘lib. Men shu nondan tanavul qilsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mumkin emas. U bemorlarning haqqidir. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 05:38 | Savol-javoblar | 157 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mumkin emas. U bemorlarning haqqidir. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 05:38 | Savol-javoblar | 157 | Halol va harom