Shubhali xayollar

Assalomu alaykum! Hayolni hech tark etmaydigan kufr hayollar va shubxalar kelganda, shubxalarni yo‘qotish uchun shubxalar bilan kurashish kerakmi yoki e’tibor bermaslik kerakmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Inson ham bir avtomobilga o‘xshaydi. Uning boshqaruv ruli fikrdir. Rulni xaydovchi boshqarsa inson o‘z fikrlarini Allohga havola qilish kerak. Shunda barcha narsaga qullikdan ozod bo‘ladi. gunohlarning asl o‘zagi ham inson o‘z rulini Allohdan boshqaning qo‘liga tutqazib qo‘yish bilan bo‘ladi. maslalan kim birovdan ta’ma qilsa yoki qo‘rqsa o‘sha ta’ma qilgan va qo‘rqqan kishisining qo‘liga rulini topshirgan bo‘ladi. Xuddi shuningdek bemor inson ham rulini kasallikka topshirsa, dardni aytganini qilib unga yalinib yuraveradi. Agar rulini Allohga topshirib birovdan ta’ma qilganini Allohdan ta’ma qilsa, qo‘rqqan narsasini Allohdan daf qilishini so‘rasa, kasalligiga shifo berishi Allohdan so‘rasa, Alloh bularning barchasiga kifoya qiladi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 21:51 | Savol-javoblar | 170 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar