6799 savol yuzasidan

Assalomu alaykum! Man 6799-svolda haqi bor odamni narsasini olishga ruxsat deyilgan ekan. O‘g‘irlikka fatvo berganday bo‘b qolmaganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U o‘g‘irlikka chaqirish emas. Noinsoflik qilib birovlarni haqqini bermayotganlardan haqini olish. To‘g‘ri mulohaza qilibsiz, chunki odamlar orasida shariatga zid bo‘lsa ham haqqi yo‘q bo‘lsa ham o‘zini haqdorman deb hisoblaydiganlar bor ekan. Hatto balog‘atga etib oila qurganidan keyin ham ota-onasining molidan o‘g‘irlab “Tuqqaningdan keyin boqasanda” deydiganlar ham bor ekan. Shuning uchun kimni birovda haqi bor yoki yo‘q ekanligini har kim o‘zini o‘ylaganicha fatvo chiqarmay avval haqi bor yoki yo‘q ekanligini biror ilmli insondan aniqlatib olishi kerak ekan. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 21:38 | Savol-javoblar | 159 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar