Aptekada bo‘lgan oldi-berdi

Assalomu alaykum! Aptekada ishlagan paytimda qarzga dori berar edim. Ayrim odamlar pulini olib kelib bermas edi. Keyin o‘rnini to‘ldirish uchun ayrim dorilarni ustiga ozgina pul qo‘shib sotar edim, lekin o‘zimga pul olmagan. Man faqat kamomadni to‘ldirish uchun qilganman. Bu xarommi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hozirgi kunda aptekachilikda makr-hiylalar, nochorning nochorligidan foydalanib qolish o‘ta rivojlanibdi. Shaxsan o‘zimiz guvoh bo‘lgan bir ish. Tug‘ruqxona yonida apteka ochgan kishi o‘sha shifokorlar bilan til biriktirib, kerak bo‘ladi deb ayollarning eriga yozib berar ekan. Er sotib olib uni doktorga etkazib beradi. Doktor esa uni ayolga ishlatmasdan olib qo‘yarkan. Aptekachi qaytarib olib kelib yana o‘sha doktor jo‘natgan boshqa insonga sotadi. Ayni shu voqe’a bir kunda to‘rt bor takrorlandi. Bu o‘zimiz guvoh bo‘lgan ish. Bundan tashqari qancha noshar’iy ishlari bor. Yana shunga guvohmizki, aptekachini ayoli ham farzandlari ham boshi kasallikdan chiqmaydi. Sizni ham haqqingiz yo‘q edi unday qilishga. Alloh taolo “Baqara” surasida marhamat qiladi:  وَلاَ تَأْكُلُواْ أَمْوَالَكُم بَيْنَكُم بِالْبَاطِلِ وَتُدْلُواْ بِهَا إِلَى الْحُكَّامِ لِتَأْكُلُواْ فَرِيقًا مِّنْ أَمْوَالِ النَّاسِ بِالإِثْمِ وَأَنتُمْ تَعْلَمُونَ۝ 188. Bir-birlaringizning mollaringizni botil yo‘l bilan emang. Bilib turib, odamlarning mollaridan bir qismini gunoh ila eyishingiz uchun uni hokimlarga tashlamang. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 22:44 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar