Xo‘jayinni bundan xabari yo‘q

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar! Qilayotgan ishingizga hayru baraka bersin.
1). Restoranda mahsulotlarni men harid qilaman va supermarketda olgan narsalarim uchun menda ball to‘planib boradi, malum bir vaqtda ballar to‘planib pulga aylanadi shu pul men uchun halolmi? Xo‘jayinni bundan xabarlari yo‘q?
2). Restoranga ichimlik (limonat) olib kelishdi va agar qabul qilsam  savdodan 5 % berishini aytdi va men xo‘jayinni ko‘ndirib shu mahsulotni sotyapmiz. O‘sha 5% pul menga halolmi? Xo‘jayinni bundan xabarlari yo‘q?
3). Ishxonada bir inson boshqa bir insondan qarzi bor edi va u ishdan ketayotgan vaqtda meni o‘rtaga qo‘ydi va men agar bermasa men beraman deb aytdim. U odam ketdi va pulni qaytarmadi. O‘sha qarz mening bo‘ynimda bo‘ladimi? Agar qarz bergan inson qarzidan kechdim desa qaytarmasam ham bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Ishxonangizga qilingan xaridni ballini shaxsiy kartangizga tushirishingiz qanday halol bo‘ladi? Ishxonangizni egasi bilib rozi bo‘lsagina joiz bo‘ladi. 2). Joiz emas. Siz bu kabi ishlaringiz uchun ishxona tomonidan maosh olasiz. Sizni bu pulni olishingiz rahbarni ko‘ndirganingiz uchun pora bo‘ladi. 3). Qarzni qaytarish sizni zimmangizda bo‘ladi. Bermasangiz qiyomat qarz bo‘lasiz. Haqdor sizdan kechsa, soqit bo‘ladi. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 12:18 | Savol-javoblar | 166 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar