Texnikani bo‘lib to‘lash

Assalomu alaykum! Man yaqinda tilloni nasiyaga savdo qilib bo‘lmashini bilib qoldim. Man mijozlarga telefon va shunga o‘xshash texnikalarni, naqdga olib bo‘lib to‘lash (nasiya)ga sotaman. 20-25% qo‘yib 6 oy muddatga (agar muddat o‘zgarib pulni muddatdan oldin yoki keyin to‘lasa % o‘zgarmaydi). Lekin bilmasdan tilloniham shu tartibda olib sotgan edim. Bu joizmi yoki nima qilib to‘g‘irlasam bo‘ladi? Rizqimga harom aralashib qolmasligi uchun.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nasiyaga sotgan tillolaringizning savdosini bekor qiling. Sizga tillangizni bersin, unga pulini qaytaring. Tavba va istig‘for ayting. Vallohu a’lam!

30 Avgust 2023, 09:43 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar