Yaxudiylarni duoibad qilish

Assalomu alaykum! Men juda tasirchan insonman, xar vaqt xammaga yaxshilik tilayman duolarimda xammaning xaqqiga istig‘for mag‘firat so‘rayman, xatto boshqa din vakillarini xam xidoyat yo‘liga kirishlarini so‘rayman, adashganlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlashini so‘rayman. Ammo bugungi kunda ko‘ryabmizki Isroildagi yaxudiylar din birodarlarimizni bazida shunchaki ustilaridan kulish uchun xam o‘ldirib, ularga zulm qilishyapti. Bularni ko‘rib tasirlanib ketganimdan ularni duolarimda Allohim ularga alamli azobing bo‘lsin xidoyatga aslo kirishmasin deb duoibat qilmyapman. Men oldin bunday qilmaganligim sababli va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xam juda kamdan kam xolatda duoibad qilgalarini bilaman. Shunday qilayotgan duolarimni oldin qilganimdek qilaveraymi (yaxshilik so‘rab) yoki ularning xaqiga umuman duo qilmaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘rniga qarab duo qilasiz. Hidoyat qilishiga loyiq bo‘lgan ishlarni qilsa hidoyat so‘raysiz. Duoibad qilishga loyiq ishlarni qilganida duoibad qilasiz. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 23:27 | Savol-javoblar | 160 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar