Ijaraga berish uchun olingan uydan zakot

Assalamu alaykum! Kvartira sotib olinsa va uni sotish yoki ijaraga berish uchun mo‘ljallansa u uydan zakot beriladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Pulni band qilish maqsadida kvartira olinsa undan zakot beriladi. Garcha vaqtinchalik ijaraga odam qo‘yilib turilsa ham. Ammo ijaraga qo‘yish maqsadida pul kelib turadigan narsa sifatida kvartira olib ijaraga qo‘yilsa undan zakot berilmaydi. Vallohu a’lam!وَلَوْ آجَرَ عَبْدَهُ أَوْ دَارهِ بِنِصَابٍ إنْ لَمْ يَكُونَا لِلتِّجَارَةِ لَا تَجِبُ مَا لَمْ يَحُلْ الْحَوْلُ بَعْدَ الْقَبْضِ فِي قَوْلِهِ.
وَإِنْ كَانَ لِلتِّجَارَةِ كَانَ حُكْمُهُ كَالْقَوِيِّ ؛ لِأَنَّ أُجْرَةَ مَالِ التِّجَارَةِ كَثَمَنِ مَالِ التِّجَارَةِ فِي صَحِيحِ الرِّوَايَةِ. “(Fathul qodir).

8 May 2022, 23:38 | Savol-javoblar | 171 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar