O‘zbekistondan ketishim vojibmi?
Assalomu alaykum! Anchadan beri burnim oqib yurardi doxtorga borsam burnimda qanaqadur o‘simta borakan.aperatsiya kisa qanchadur vaqt yaxshi yurib yana davom etarkan licheniya osamam baribir shunaqa bo‘vurarkan.o‘zbekistondan ketishim kerekan bo‘masam 10yil ichida tomog‘imga yana 10yilda o‘pkamga o‘tarkan.o‘zbekistonni xavosi manga to‘ri kemasakan.endi nima qilishi bilmi qoldim.ketimi qolimi bilmayamman.16 yoshman.xozi uncha bilinmasakan kottaro bo‘sam sog‘ligimga tasir qilishi munkunakan.lekin bu dardga roziman in shaa alloh savob umid qilaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ketib ko‘ring. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadislaridan fuqaholar agar ob-havosi to‘g‘ri kelmasa ko‘chib ketishi mumkinligini olganlar. عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ أُنَاسًا اجْتَوَوْا فِي الْمَدِينَةِ فَأَمَرَهُمُ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنْ يَلْحَقُوا بِرَاعِيهِ فِي الْإِبِلَ فَيَشْرَبُوا مِنْ أَلْبَانِهَا وَأَبْوَالِهَا، فَلَحِقُوا بِرَاعِيهِ فَشَرِبُوا مِنْ أَلْبَانِهَا وَأَبْوَالِهَا حَتَّى صَحَّتْ أَبْدَانُهُمْ، فَقَتَلُوا الرَّاعِيَ وَسَاقُوا الْإِبِلَ، فَبَلَغَ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَبَعَثَ فِي طَلَبِهِمْ فَجِيءَ بِهِمْ، فَقَطَعَ أَيْدِيَهُمْ وَأَرْجُلَهُمْ وَسَمَرَ أَعْيُنَهُمْ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Bir guruh odamlar Madinada havo yoqmaslik xastaligiga uchradilar. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam ularga o‘zlarining tuya boquvchilari oldiga borishni va ularning sutidan va peshobidan ichishni amr qildilar. Bas, ular u zotning cho‘ponlariga borib, qo‘shilishdi va u(tuya)larning sutidan hamda peshobidan ichishdi. Badanlari sog‘ayganda esa cho‘ponni o‘ldirib, tuyalarni haydab, qochishdi. Buning xabari Nabiy sollallohu alayhi vasallamga etdi. U zot ularni tutib kelish uchun odam yubordilar. Bas, ular tutib keltirildi. Shunda ularning qo‘l-oyoqlarini kesdilar va ko‘zlariga mil tortdilar».
Beshovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: Ushbu qissadagi havo yoqmay, bemor bo‘lganlar etti kishidan iborat bo‘lgan. Boshqa rivoyatlarda ta’kidlanishicha, ulardan to‘rt kishi Urayna qabilasidan bo‘lgan. Mazkur etti kishi Madinai Munavvaraga kelib, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida musulmonchilikni qabul qilganlar. Ammo Madinai Munavvaraning havosi yoqmay, qorinlari og‘rib, shishib ketib, kasal bo‘lib qolganlar.
Shunda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ularni shahar chetiga chiqib, istiqomat qilish va sadaqaga tushgan tuyalarning sut va peshobidan ichishga amr qilganlar. Ular mazkur ishni qilib, sog‘ayib ketganlar. Ammo, afsuski, ular Islomdan qaytib, murtad bo‘lganlar va Yasor an-Nubiy ismli tuyaboqarni o‘ldirib, sadaqaga tushgan tuyalarni haydab, qochganlar.
Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Shahar havosi yoqmay, bemor bo‘lgan kishilar yaxshi havoli joylarga borib, hayvon sutidan ichsalar, foyda topib, sog‘ayishlari mumkinligi.
2. Bir necha jinoyatni bir yo‘la qilgan shaxslarga nisbatan bir necha jazo qo‘llash mumkinligi. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
8 May 2022, 23:38 | Savol-javoblar | 142 | Tabobat