Xorij kinosini ko‘rish mumkinmi

Assalomu alaykum! Men ingliz tilini o‘rganishda chet el film va multfilmlarini ko‘rib turaman. Film ichida nomaxram qizlar xam uchrab turadi. Lekin ularga faxsh nazari bilan emas oddiy insonga qaragandek qarasa bo‘ladimi? Yani Xorij kinosini ko‘rsa bo‘ladimi? Agar ularda faxsh saxnalar bo‘lmasa ko‘rsa bo‘ladimi? Islom dinida qanday xolatlarda kino ko‘rish mumkin emas va qanday xolatlarda kino ko‘rsa bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Fahsh va buzuqlikka davat qiladigan kinolarni ko‘rmasdan o‘rganing. Uning o‘rniga ingliz tilidagi foydali bo‘lgan islomiy film va maruzalar ko‘ring, eshiting. Shunda ikkita barobar manfaat olasiz. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 00:11 | Savol-javoblar | 167 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar