Kofir iymon keltirsa namozini qazolari

Assalomu alaykum! Bir kishi(kalima keltirgan musulmon oilada yashagan musulmon) 20yoshda nomozni boshlasa qazo nomozlarini o‘qishi kerak tushunishim bo‘yicha. Agar kofir kishi 20yoshda iymon keltirsa u ham qazo ibodatlarini o‘qishi kerak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar kofir islomni qabul qilsa, namozlarning qazosini o‘qimaydi. “Kifoya” kitobida quyidagicha keladi: 
Unutgan va uxlab qolgan odam namozning qazosini o‘qishi lozim bo‘lganidan keyin, qasddan qoldirgan odamga uni qazo qilish, albatta, lozimu lobud bo‘ladi. Hayz yoki nifos ko‘rgan ayoldan namoz soqit bo‘ladi. U qazosini o‘qimaydi. Shuningdek, asli kofir yoki jinni bo‘lgan odam ham namozning qazosini o‘qimaydi. Besh vaqt namoz vaqtidan ko‘proq muddat hushidan ketib yotgan odam ham qazosini o‘qimaydi. Murtad yana Islomga qaytsa, murtadlik vaqtidagi namozni qazo qilmaydi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 10:16 | Savol-javoblar | 159 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar