Jin chalishi

Assalomu alaykum! Holamning eri folbinlik qiladi, xolamni va qizlarini jinlar qo‘ymyapti ekan. Namoz o‘qisa ham zikr qilsa ham jinlardan qutilolmiyapti ekan. jinlar bilan ko‘p janjalashiyapti ekan, bo‘g‘iyapti ekan, ko‘ziga ham ko‘riniyapti ekan. ancha vaqitdan beri qanday yo‘l tutsa bo‘ladi. Ustozlar sizlardan so‘rab berishimni aytdim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu jang vaqtincha. Ular Baqara surasini har kuni eshitishsin. Ertaman va kechqurunda 11marta salovat keyin “Fotiha”, “Oyatul kursiy” va 4ta “Qul” bilan boshlangan suralarni va oxirida yana 11 marta salovat o‘qib dam solish kerak. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 18:46 | Savol-javoblar | 192 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar