Foizsiz kreditga ruxsatmi ? 8861-savol
Assalomu alaykum! Assalomu alaykum! Sizlardan bir narsani maslaxatini olmoqchi edim. Kredit foiz ribo xarom ekanligini bilaman. Shuning uchun shundan saqlanish maqsadida o‘zim bilmagan xolda shunga aralashib qolishdan saqlanish uchun sizlarga bu savolni yo‘llayapman. Bizda shunday texno do‘konlar bor u erda tovarlar 1 yilga kredit sistemasida yani bo‘lib bo‘lib to‘lashga beriladi lekin foizi yo‘q o‘zini narxiga. Yani yozilgan narxini bo‘lib bo‘lib to‘laysiz xolos. Xech qanday qo‘shimcha foiz yoki boshqa to‘lovlar qilinmaydi. Bizni xam xozir shunga extiyojimiz bor edi. Shunga sizdan so‘ramoqchi edim agar foizi ribosi bo‘lmasa biz xam ushbu ko‘rinishdagi savdo sotiqdan foydalansak bo‘ladimi? JAVOB: – Va alaykum assalom! Bo‘ladi. O‘zingizni pulingizga olsangiz hech qanday zarari yo‘q. Vallohu a’lam! Mani sorab bilmoqchi bogan narsam - "Bizni xam xozir shunga extiyojimiz bor edi. Shunga sizdan so‘ramoqchi edim agar foizi ribosi bo‘lmasa biz xam ushbu ko‘rinishdagi savdo sotiqdan foydalansak bo‘ladimi?" Foydalansak bo‘ladimi ? Foydalansak bo‘ladimi dip soravotti shu odam, bu o‘zi shu ishni qilmoqchimi yoki usha dokonlardan olmoqchimi haridor sifatida? O‘zi yo‘lga qo‘ysa va shariatda belgilandan savdo ahkomlarini qilsa o‘rinli bo‘ladi dip javob berganmisiz ? Chunki agar haridor sifatida shu savdo qilmoqchi bo‘sa, usha do‘konlar agar belgilandan pul to‘lash muhlati o‘tib ketsa, ustiga ustama yani qo‘shimcha pul to‘lashga majbur bo‘ladi, usha narsa ulani orasidagi shartnomada yozilgan, bu ribo bob qoladimi ?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sotuvchi va xaridor shariat qoidalariga muvofiq harakat qilishsa, mutlaqo joiz. Kechiktirish uchun jarima masalasini biron ahli ilm oldiga boring, keng tushuntirib beradi. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 21:05 | Savol-javoblar | 162 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sotuvchi va xaridor shariat qoidalariga muvofiq harakat qilishsa, mutlaqo joiz. Kechiktirish uchun jarima masalasini biron ahli ilm oldiga boring, keng tushuntirib beradi. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 21:05 | Savol-javoblar | 162 | Moliya va tijorat