Vasiyat
Assalomu alaykum! Uztozlar, menga maslaxatingiz judayam zarur. Men oilam bilan 1 xonali ko‘p qavatli uylarda turamiz. Yana xuddi shunaqa uyimizdan bitta bor. Onam (Xudo rahmatiga olgan bo‘lsin) uyingni sotmagin deb vasiyat qilib ketganlar. Men hozir sotishga majbur bo‘layapman. Chunki 2 ta farzandim bor, yaqinda 3-siga ko‘payish arafasidamiz. Bolalarimni kelajagini o‘ylayapman. 1 xonali uyda tiqilib qolmaylik deyapman. Lekin ayolim vasiyat nima bo‘ladi deyapti. Savolim shuki ikkala uyni sotib kattaroq uy olsam bo‘ladimi? Vasiyatni bajarolmaganim uchun gunohkor bo‘lib qolmaymanmi? Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunday vasiyatga amal qilish shar’an vojib emas. O‘z ixtiyoringizga havola. Fuqaholar yashab, foydalanib turilgan uyni sotib tijoratga tikishda uning barakasi bo‘lmaydi – deganlar. Sotib boshqa uy olish esa ixtiyoringiz. Mahrum bo‘lmaslik uchun avval yangi uyni olib keyin sotsangiz yanada yaxshi. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 23:24 | Savol-javoblar | 180 | Oila va turmush