Foizsiz depozit

Assalomu alaykum! 1. Opam Qozog‘iston respublikasida yashaydi. Oilali va ishlaydilar. Ular uy olish maqsadida bankga oz-ozdan pul o‘tkazib boradilar. Bank ularga foiz to‘lamas ekan. Davlat uysizlarga yordam tariqasida ushbu depozitga yil oxirida pul qo‘shib berar ekan. Shu pul xalolmi? 2. Shu opam onamni xajga yuborish maqsadida aloxida pul yig‘ayotgan ekanlar, shu joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Omonatini ustiga ustama qo‘yilgan bo‘lsa joiz emas. 2). Haloldan yig‘ayotgan bo‘lsa joiz. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 02:56 | Savol-javoblar | 153 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar