Kafforot vojibmi

Assalomu alaykum! Men hojaynimning nomidan savol yollayapman. Hojaynim yuk mashinasi haydaydi mijoz bo‘sa ishga chiqadi bo‘lmasa kutib o‘tiradi, bu yil birinchi marotaba ro‘za tutayatgan edi bugun boshim qattiq og‘rib, tomog‘im qaxrab ro‘zamni ochib yubordim. Alloh kechirsin dedi, ertaga yana ro‘zamni davom ettiraman in sha Alloh dedilar, endi bugungi ro‘zalarini ochib yuborganlari uchun kafforot vojibmi yoki qazosini tutib bersa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haqiqatan chorasiz qolib ro‘zasini ochgan bo‘lsa bir kun qazo tutib beradi. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:18 | Savol-javoblar | 137 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar