Eski qarzni uzish

Assalomu alaykum! Taxminan o‘n yilcha oldin bir insonga bir mahsulotni ikki baravar qimmatga sotgan edim. Eski qarzni uzish uchun o‘sha paytdagi tilla narxini taqqoslab, hisoblab berish kerak ekan. Ӯsha hodisa qaysi yilda bo‘lganini aniq bilmayman, tilla narxi esa o‘zgarib turadi. Men taxminan hisoblab turib, ozgina ham qarzim qolmasin, deb ortig‘i bilan bersam va ribo yo‘l qo‘ymaslik uchun "Agar ortib qolsa, mendan o‘sha insonga xayr (yoki sadaqa) bo‘lib qolsin" desam bo‘ladimi? Bu ishim bilan makr qilgan bo‘lmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Boshqa pul birligida bersangiz va narigi taraf ham rozi bo‘lsa, joiz. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 09:26 | Savol-javoblar | 154 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar