Jannat xushxabar

Assalomu alaykum! Men bugun youtube sahifasida bir video ko‘rip qoldim u videoda shunday deyilgan. Qiyomat qoyin kuni birinchi bo‘lip jannatga payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo (s.a.v) kiradilar deyilgan va ularning qarshilarida jabbor azzava jala bo‘ladi deyilgan. Shunda Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo (s.a.v) Alloh taloni ko‘rip sajda qiladilar, Alloh talo shunday deydi: - Ey Muhammad boshingizni ko‘taring so‘zlang sizdan eshitiladi, ayting qabul qilinadi, shafoat qiling shafoatiz qabul qilinadi deyilgan. Shunda Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo (s.a.v) aytadilar ummatim deydilar. Alloh talo aytadi (jahannamdagi) ummatingizni oldiga boring, boring ulardan qalbida arpaning donasichalik iymoni borini jannatga kriting deydi. Savolim shundan iboratki qalbida jahannam olovi va daxshatidan qo‘rquv nadomat bilan yashayotkan musulman birodarlarimga ushbu jannat xushxabarini etkazsam bo‘ladimi ularga bir oz taskin berish ilinjida?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ushbu ma’nodagi hadis Sahihi Buxoriyda rivoyat qilingan. Ushbu hadis gunohlari tufayli jahannamga tushgan mo‘minlar unda abadiy qolmasligiga dalildir. Undan gunoh qilishga targ‘ib, yoki gunohni engil sanash ma’nosi kelib chiqmaydi. Siz o‘sha birodarlaringizga Allohning kechirimliligi, tavba qilgan bandasining gunohlarini dengiz ko‘pigichalik ko‘p bo‘lsa ham mag‘firat qilishi haqidagi oyat va hadislarni etkazganingiz maqsadga muvofiqdir. Quyida siz so‘ragan hadisning to‘liq matnini keltiramiz: حَدَّثَنَا سُلَيْمَانُ بْنُ حَرْبٍ، حَدَّثَنَا حَمَّادُ بْنُ زَيْدٍ، حَدَّثَنَا مَعْبَدُ بْنُ هِلَالٍ الْعَنَزِيُّ قَالَ: اجْتَمَعْنَا نَاسٌ مِنْ أَهْلِ الْبَصْرَةِ، فَذَهَبْنَا إِلَى أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ، وَذَهَبْنَا مَعَنَا بِثَابِتٍ إِلَيْهِ يَسْأَلُهُ لَنَا عَنْ حَدِيثِ الشَّفَاعَةِ، فَإِذَا هُوَ فِي قَصْرِهِ فَوَافَقْنَاهُ يُصَلِّي الضُّحَى، فَاسْتَأْذَنَّا، فَأَذِنَ لَنَا وَهْوَ قَاعِدٌ عَلَى فِرَاشِهِ، فَقُلْنَا لِثَابِتٍ: لَا تَسْأَلْهُ عَنْ شَيْءٍ أَوَّلَ مِنْ حَدِيثِ الشَّفَاعَةِ. فَقَالَ: يَا أَبَا حَمْزَةَ هَؤُلَاءِ إِخْوَانُكَ مِنْ أَهْلِ الْبَصْرَةِ جَاءُوكَ يَسْأَلُونَكَ عَنْ حَدِيثِ الشَّفَاعَةِ. فَقَالَ: حَدَّثَنَا مُحَمَّدٌ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «إِذَا كَانَ يَوْمُ الْقِيَامَةِ مَاجَ النَّاسُ بَعْضُهُمْ فِي بَعْضٍ، فَيَأْتُونَ آدَمَ فَيَقُولُونَ: اشْفَعْ لَنَا إِلَى رَبِّكَ. فَيَقُولُ: لَسْتُ لَهَا، وَلَكِنْ عَلَيْكُمْ بِإِبْرَاهِيمَ فَإِنَّهُ خَلِيلُ الرَّحْمَنِ. فَيَأْتُونَ إِبْرَاهِيمَ، فَيَقُولُ: لَسْتُ لَهَا، وَلَكِنْ عَلَيْكُمْ بِمُوسَى فَإِنَّهُ كَلِيمُ اللهِ. فَيَأْتُونَ مُوسَى، فَيَقُولُ: لَسْتُ لَهَا، وَلَكِنْ عَلَيْكُمْ بِعِيسَى فَإِنَّهُ رُوحُ اللهِ وَكَلِمَتُهُ. فَيَأْتُونَ عِيسَى، فَيَقُولُ: لَسْتُ لَهَا، وَلَكِنْ عَلَيْكُمْ بِمُحَمَّدٍ . فَيَأْتُونِي فَأَقُولُ: أَنَا لَهَا. فَأَسْتَأْذِنُ عَلَى رَبِّي فَيُؤْذَنُ لِي وَيُلْهِمُنِي مَحَامِدَ أَحْمَدُهُ بِهَا لَا تَحْضُرُنِي الْآنَ، فَأَحْمَدُهُ بِتِلْكَ الْمَحَامِدِ وَأَخِرُّ لَهُ سَاجِدًا، فَيُقَالُ: يَا مُحَمَّدُ، ارْفَعْ رَأْسَكَ، وَقُلْ يُسْمَعْ لَكَ، وَسَلْ تُعْطَ، وَاشْفَعْ تُشَفَّعْ. فَأَقُولُ: يَا رَبِّ، أُمَّتِي أُمَّتِي. فَيُقَالُ: انْطَلِقْ فَأَخْرِجْ مَنْ كَانَ فِي قَلْبِهِ مِثْقَالُ شَعِيرَةٍ مِنْ إِيمَانٍ. فَأَنْطَلِقُ فَأَفْعَلُ، ثُمَّ أَعُودُ فَأَحْمَدُهُ بِتِلْكَ الْمَحَامِدِ، ثُمَّ أَخِرُّ لَهُ سَاجِدًا، فَيُقَالُ: يَا مُحَمَّدُ، ارْفَعْ رَأْسَكَ، وَقُلْ يُسْمَعْ لَكَ، وَسَلْ تُعْطَ، وَاشْفَعْ تُشَفَّعْ. فَأَقُولُ: يَا رَبِّ، أُمَّتِي أُمَّتِي. فَيُقَالُ: انْطَلِقْ فَأَخْرِجْ مِنْهَا مَنْ كَانَ فِي قَلْبِهِ مِثْقَالُ ذَرَّةٍ أَوْ خَرْدَلَةٍ مِنْ إِيمَانٍ. فَأَنْطَلِقُ فَأَفْعَلُ، ثُمَّ أَعُودُ فَأَحْمَدُهُ بِتِلْكَ الْمَحَامِدِ، ثُمَّ أَخِرُّ لَهُ سَاجِدًا، فَيُقَالُ: يَا مُحَمَّدُ، ارْفَعْ رَأْسَكَ، وَقُلْ يُسْمَعْ لَكَ، وَسَلْ تُعْطَ، وَاشْفَعْ تُشَفَّعْ. فَأَقُولُ: يَا رَبِّ، أُمَّتِي أُمَّتِي. فَيَقُولُ: انْطَلِقْ فَأَخْرِجْ مَنْ كَانَ فِي قَلْبِهِ أَدْنَى أَدْنَى أَدْنَى مِثْقَالِ حَبَّةِ خَرْدَلٍ مِنْ إِيمَانٍ، فَأَخْرِجْهُ مِنَ النَّارِ. فَأَنْطَلِقُ فَأَفْعَلُ». فَلَمَّا خَرَجْنَا مِنْ عِنْدِ أَنَسٍ قُلْتُ لِبَعْضِ أَصْحَابِنَا: لَوْ مَرَرْنَا بِالْحَسَنِ وَهْوَ مُتَوَارٍ فِي مَنْزِلِ أَبِي خَلِيفَةَ {فَحَدَّثَنَا} بِمَا حَدَّثَنَا أَنَسُ بْنُ مَالِكٍ، فَأَتَيْنَاهُ فَسَلَّمْنَا عَلَيْهِ فَأَذِنَ لَنَا فَقُلْنَا لَهُ: يَا أَبَا سَعِيدٍ، جِئْنَاكَ مِنْ عِنْدِ أَخِيكَ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ فَلَمْ نَرَ مِثْلَ مَا حَدَّثَنَا فِي الشَّفَاعَةِ، فَقَالَ: هِيهِ، فَحَدَّثْنَاهُ بِالْحَدِيثِ فَانْتَهَى إِلَى هَذَا الْمَوْضِعِ فَقَالَ: هِيهِ، فَقُلْنَا: لَمْ يَزِدْ لَنَا عَلَى هَذَا. فَقَالَ: لَقَدْ حَدَّثَنِي وَهْوَ جَمِيعٌ مُنْذُ عِشْرِينَ سَنَةً، فَلَا أَدْرِي أَنَسِيَ أَمْ كَرِهَ أَنْ تَتَّكِلُوا. قُلْنَا: يَا أَبَا سَعِيدٍ فَحَدِّثْنَا، فَضَحِكَ وَقَالَ: خُلِقَ الْإِنْسَانُ عَجُولًا مَا ذَكَرْتُهُ إِلَّا وَأَنَا أُرِيدُ أَنْ أُحَدِّثَكُمْ، حَدَّثَنِي كَمَا حَدَّثَكُمْ بِهِ قَالَ: «ثُمَّ أَعُودُ الرَّابِعَةَ فَأَحْمَدُهُ بِتِلْكَ {الْمَحَامِدِ}، ثُمَّ أَخِرُّ لَهُ سَاجِدًا، فَيُقَالُ: يَا مُحَمَّدُ، ارْفَعْ رَأْسَكَ، وَقُلْ يُسْمَعْ، وَسَلْ تُعْطَهْ، وَاشْفَعْ تُشَفَّعْ. فَأَقُولُ: يَا رَبِّ، ائْذَنْ لِي فِيمَنْ قَالَ لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ. فَيَقُولُ: وَعِزَّتِي وَجَلَالِي وَكِبْرِيَائِي وَعَظَمَتِي لَأُخْرِجَنَّ مِنْهَا مَنْ قَالَ لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ Ma’bad ibn Hilol Anaziy so‘zlab berdi: «Bir guruh basraliklar to‘planib, Anas ibn Molikning huzuriga bordik. Undan shafoat hadisi haqida so‘rab bersin, deb o‘zimiz bilan Sobitni ham olib bordik. Borsak, u o‘zining qasrida ekan. Biz uning choshgoh namozini o‘qib turganiga to‘g‘ri kelibmiz. Izn so‘ragan edik, to‘shagida o‘tirgancha bizga izn berdi. Biz Sobitga: «Shafoat hadisidan oldin hech narsa haqida so‘rama», dedik. U: «Ey Abu Hamza! Bular basralik birodarlaring, sening oldingga shafoat hadisi haqida so‘rash uchun kelishgan», dedi. U (Anas roziyallohu anhu) shunday dedi: «Bizga Muhammad sollallohu alayhi vasallam shunday so‘zlab berdilar: «Qiyomat kuni odamlar junbushga kelib, bir birining ustiga chiqib ketishadi. Shunda ular Odamga kelib, «Robbingning huzurida bizni shafoat qil», deyishadi. U: «Men u maqomda emasman. Sizlar Ibrohimga boringlar, chunki u Rahmonning Xalilidir», deydi. Ular Ibrohimga kelishsa, u ham: «Men u maqomda emasman. Sizlar Musoga boringlar, chunki u Kalimullohdir», deydi.* Ular Musoga kelishsa, u ham: «Men u maqomda emasman. Sizlar Iysoga boringlar, chunki u Allohning (ilqo qilgan) ruhi va kalimasidir», deydi. Ular Iysoga kelishadi. U ham: «Men u maqomda emasman. Sizlar Muhammad sollallohu alayhi vasallamga boringlar», deydi. Shunda ular menga kelishadi. Men: «Men shu maqomdaman», deyman. Keyin Robbimning huzuriga izn so‘rayman, menga izn beriladi. U Zot men aytadigan, hozir esa xayolimga ham kelmaydigan hamdlarni menga o‘rgatadi, men o‘sha hamdlar bilan U Zotga hamd aytaman va Unga sajdaga yiqilaman. Shunda: «Boshingni ko‘tar, ey Muhammad!  Gapirgin, tinglanadi. So‘ragin, beriladi. Shafoat qil, shafoating qabul qilinadi!» deyiladi. Men: «Ey Robbim, ummatim, ummatim!» deyman. Shunda: «Bor, qalbida arpa donasi og‘irligicha iymoni borini (do‘zaxdan) chiqar», deyiladi. Men borib, shunday qilaman. Keyin qaytib, o‘sha hamdlar ila U Zotga hamd aytaman da, so‘ng Unga sajdaga yiqilaman. Shunda: «Boshingni ko‘tar, ey Muhammad! Gapirgin, tinglanasan. So‘ragin, senga beriladi. Shafoat qil, shafoating qabul qilinadi!» deyiladi. Men: «Ey Robbim, ummatim, ummatim!» deyman. Shunda: «Bor, qalbida zarra [yoki xardal donasi] og‘irligicha iymoni borini undan (do‘zaxdan) chiqar», deyiladi. Men borib, shunday qilaman. Keyin qaytib, o‘sha hamdlar ila U Zotga hamd aytaman da, so‘ng Unga sajdaga yiqilaman. Shunda: «Boshingni ko‘tar, ey Muhammad! Gapirgin, tinglanasan. So‘ragin, beriladi. Shafoat qil, shafoating qabul qilinadi!» deyiladi. Men: «Ey Robbim, ummatim, ummatim!» deyman. Shunda: «Bor, xardal urug‘i og‘irligidan ozining ozidan ham oz  iymoni borini chiqar, uni do‘zaxdan chiqar», deyiladi. Men borib, shunday qilaman».
Anas ibn Molikning huzuridan chiqqanimizdan so‘ng sheriklarimizdan biriga: «Hasanning oldiga kirib, Anas ibn Molik bizga aytib bergan narsani aytib bersak chi!» dedim. U Abu Xalifaning manziliga yashirinib olgan edi. Uning oldiga kelib, unga salom berdik. U bizga izn berdi. Biz unga: «Ey Abu Sa’id! Biz sening oldingga birodaring Anas ibn Molikning huzuridan kelyapmiz. U bizga shafoat haqida aytib berganidek hadisni eshitmaganmiz», dedik. U: «Xo‘sh?» dedi. Biz unga o‘sha hadisni so‘zlab berdik. O‘sha joyiga kelganimizda u yana: «Xo‘sh?» dedi. Biz: «U bizga bundan ziyodasini aytmadi», dedik. Shunda u: «U buni menga bundan yigirma yil oldin, navqiron paytida aytib bergan edi. Bilmayman, u unutganmi yoki suyanib qolishingizni istamaganmi», dedi. Biz: «Ey Abu Sa’id, o‘zing bizga aytib bera qol», dedik. U kulib yubordi va shunday dedi: «Inson shoshqaloq qilib yaratilgan. O‘zi men uni sizlarga so‘zlab bermoqchi bo‘lganim uchun aytgan edim. U buni xuddi sizlarga aytib berganidek, menga ham aytib, shunday degan edi: «Keyin to‘rtinchi bor qaytib, U Zotga o‘sha hamdlar ila hamd aytaman da, so‘ng Unga sajdaga yiqilaman. Shunda: «Boshingni ko‘tar, ey Muhammad! Gapirgin, tinglanadi. So‘ragin, senga beriladi. Shafoat qil, shafoating qabul qilinadi!» deyiladi. Men: «Ey Robbim, «Laa ilaaha ilalloh» deganki kishi xususida menga izn ber!» deyman. Shunda U Zot: «Izzatim, ulug‘ligim, kibriyoim va azamatimga qasamki, «Laa ilaaha ilalloh» deganki kishini albatta undan
(do‘zaxdan) chiqarajakman», deydi». (Oltin silsila kitobidan "Sahihul Buxoriy"). Vallohu a’lam!

13 May 2022, 20:57 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar