Halolligida shubha bo‘lsa

Assalomu alaykum! Men halolligida shubhalangan egulik va shunga o‘xshagan narsalarni bismillahsiz eyman, ichaman! Masalan: Kola, pepsi shunga o‘xshagan gazli ichimliklarni bismillahsiz ichaman. Ha yana keyin bozorlardan sotib olingan go‘sht mahsulotini shariyatga muvohiq so‘yilganiga shubham bor, shunga bismillahsiz eyman. Shu ishim to‘g‘rimi umuman bu masalada menga qanday maslahat berasiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ish noto‘g‘ri. Avvalo surishtiring, agar haromligi aniq bo‘lmasa shubhalanmang. Mabodo baribir shubhalansangiz emang. عن الحسن بن علي رضي الله عنهما قال : " حفظت من رسول الله  صلي الله عليه وسلم : دَعْ مَا يَرِيبُكَ إِلَى مَا لَا يَرِيبُكَ ، فَإِنَّ الصِّدْقَ طُمَأْنِينَةٌ ، وَإِنَّ الْكَذِبَ رِيبَةٌ  رواه النسائيHasan ibn Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan “Seni shubhaga soladigan narsani qo‘yib, shubhasizini ixtiyor qilgin. Chunki sidq hotirjamlik, kizb esa shak-shubhadir” deganlarini eslab qolganman". 
Nasaiy rivoyati. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 23:39 | Savol-javoblar | 145 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar