Ayollarni tahoratda sochiga masx tortishi

Assalomu alaykum! Yaqinda bir masalada tortishuv bo‘ldi. Ayollar tahoratda masx tortganda boshdan uchdan biriga suv tegsa bo‘ldi deb aytsam yo‘q yig‘ilgan va o‘rilgan sochga ham suv tegishi shart deyishdi ya’ni soch yig‘ilgan bo‘lsa o‘sha sochni va o‘rilgan bo‘lsa o‘rilgan sochni hamma qismiga mahs tortamizmi? Agar shunday bo‘lsa mening avvalgi tahoratlarim o‘qigan namozim makruhmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayollar ham erkaklar ham boshining to‘rtdan bir qismiga mash tortilsa bo‘ldi. Hammasiga mash tortish sunnat. Molikiylarda farz. Siz molikiy mazhabida bo‘lsangiz hammasiga mash tortish farz bo‘lar edi. Bilishimizcha hanafiy bo‘lsangiz kerak. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 03:40 | Savol-javoblar | 202 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar