Ishchilarni nafl ro‘zalari

Assalomu alaykum! Do‘stimning iltimosiga ko‘ra shu savolni bermoqdaman. Do‘stim nufuzli korxonada bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ish olib boradi. Uning xodimlaridan ayrimlari nafl ro‘zasini tutushmoqda ekan. Ushbu korxonada ish vaqti soat 18:00 gacha qilib belgilangan. Do‘stim shu kunlarda nafl ro‘zasini tutayotgan xodimlariga uni shom vaqti kirishi bilan ochib olishga ruxsat bergan (10-15 daqiqaga). Lekin xodimlar og‘izni ochgandan keyin ish vaqti bo‘lishiga qaramay deyarli soat 18:00 gacha ovqatlanishmoqda. Do‘stim bu xolatda qanday yo‘l tutishi kerak? Taqvo qilib ularga xozircha tanbeh berishni xam bermaslikni xam bilmayapti. Xodimlar axir shu vaqt uchun oylik ish xaqi olishadiku?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ularga ovqatga sarflagancha 18:00dan keyin qolib ishlab berishlarini aytsin. Nafl ro‘za tutishlari nafl, oylikka yarasha ishlab berishlari vojib amal. Munofiqlarning taqvodorligidan qilishmasin. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 03:51 | Savol-javoblar | 147 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar