Yiring ichkariga ketsa

Assalomu alaykum! 2 oy oldin burnimni operatsiya qildirdim, yaqinda qattiq shamollab qoldim, shamollaganda burnim bitib yiring yig‘ilardi(oldin gaymorit ham bo‘lganman). Uxlashdan oldin burnimni yaxshilab qoqib yotsam ham , uyquda burnim bitib og‘izdan nafas olish tufayli surunkali angina ham qo‘zg‘aydi va ko‘p hollarda oq , sariq donachalar qoplab oladi. Bitta savolni javobida yiring ichkariga ketsa ro‘za ochiladi deb o‘qidim. Man, masalan ,yiring burundan kelib turganni bilaman hatto ba’zida hidiyam seziladi, tomonqikini bilib bo‘lmaydi, o‘sha oq donachalarni yiring deyishadi. Man shu holatlarni bilib ham ro‘za farz bo‘lganligi uchun va savob umidida ro‘za tutdim ,davom ettirdim. Axir yiringni ataylab yutmasam ,yutganimniyam bilmasam. Lekin katta ehtimol bilan burun va tomoqdagi yiring beixtiyor ichkariga oqib turadi(chunki yiring o‘pka yo‘liga ham o‘tib yo‘talni qo‘zg‘abdi deb aytishdi shifokorlar). Bu tutayotgan ro‘zalarimni hukmi qanday? Agar bu holatda ro‘za buziladigan va qazosi tutib beriladigan bo‘lsa, man ro‘za tutmay, yaxshilab davolanib olib yiring kelishi to‘xtagandan keyin tutganim afzalmi(Lekin ro‘za tutishga to‘laligicha qodirman,Alhamdulillah)
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ichkaridan ichkariga ketsa ochilmaydi. Tashqaridan ichkariga kirsa ochiladi. Zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 04:13 | Savol-javoblar | 148 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar