So‘mdagi qarzni dollarda to‘lash
Assalomu alaykum! Shayx Hazratlarining ishlarini davom ettirayotganlardan Alloh rozi bo‘lsin. Men shayx Hazratlaridan “so‘mda berilgan qarzni dollarga pichib qo‘yilgan bo‘lsa keyinchalik dollar oshib ketib ribo bo‘lib qolmaydimi” degan savolimga, “agar berilgan paytda pichib qo‘yilgan bo‘lsa ribo emas” degandilar. Meni yana bir savolga ko‘zim tushib qoldi unda Hazratimiz “tez o‘zgarib turuvchi narsalarga qarz pichilmasin” degan ekanlar(noto‘g‘ri tushungan bo‘lsam uzr). Savolim shuki, bir odam mendan haligacha qarzini uzib tugatmadi. U ham mendan so‘mda qarz bo‘lgan. Biz 1,5 yil oldin avvalida o‘sha pulni dollarga pichib qo‘ygandik. Lekin ayni paytda dollar juda tezlik bilan kundan-kunga oshib ketayapti. Vaholanki qolgan narsalarni, masalan men savdo bilan shug‘ullanadigan narsalarning narxlari u darajada oshmayapti. Men u insondan pulni dollarda talab qilishga xijolat bo‘lib qoldim. Men haqqimni dollarda olsam shar’an noxaqlik qilmaymanmi? U odam so‘mda 9 million qarz edi, 1000$ to‘ladi. Lekin qolgan qarzi 2000$. Shu pul hozir yana deyarli 9 million so‘mni tashkil qilyapti. Nima qilay? Iltimos yo‘l ko‘rsatinglar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! https://savollar.islom.uz/savol-31332/
26 May 2022, 16:50 | Savol-javoblar | 143 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! https://savollar.islom.uz/savol-31332/
26 May 2022, 16:50 | Savol-javoblar | 143 | Turli savollar