IJK sog‘lik yuzasidan joizmi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar sizlarga avval savol berganimda Muslimaat.uz dan javob olishimni aytgandizlar ular javob berishmayapti. Savolim Zikr ahlidan so‘rang savol javobida 635 va 737 nomerlarda IJK yani homiladorlikdan saqlanishda tuhumdonlarni boylashni joyiz emas degansizlar ulardegi vaziyat sog‘liq yuzasidan emas manda 3ta farzandim bor Alhamdulillah ohirgisida kesircha kesish yo‘li bilan tuqqanman. Qon bosimim juda baland. Shifokorlar boshqa tug‘maslikni maslahat bergan sog‘lig‘im sababli shu xolatimda xam joyiz emasmi iltimos shu masalada batafsil javob bersangiz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo ayolni tug‘adigan fitrat bilan yaratgan. Mutlaqo tug‘maydigan qilish fitratni o‘zgartirish hisoblanadi. Mutlaqo qilib emas vaqtincha saqlanib turing. Qolaversa doktorlar sizga tug‘maslikni maslahat beribdi xolos. Agar qon bosim baland bo‘lib qoningiz quyiq bo‘lsa suyultiradigan dori iching. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 04:13 | Savol-javoblar | 157 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar