Norozilik

Assalomu alaykum! Vodiyda sutni quritadigan zavodlar ko‘p. Bu erga laboda odamlar mahallalardan sut yig‘ib opkeladi. Vaholanki jazirama yozni issig‘ida sut achib qolish ehtimoli yuqori. Sut achib qolmaslik uchun muz solinadi sutlarga. Bizda muz tsex bor. Doim sutchilar kelib muz opketadi. Ayrimlari rost gapiradi. Ayrimlari uchun yolg‘on odatiy hol. Va ayrimlari muz olganda “bitta-yarimta qo‘shib bering” deydi. Ayrimlari esa, necha dona olganini ko‘rib turgan bo‘lsangiz ham tan olmaydi va bitta kam aytadi. Rozi bo‘lolmayapman. Mijoz yo‘qolmasin deb qilyapman. Nima qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Rozi bo‘lmasangiz ularni ham gunohkor qilib bermang. عن عمرو بن يثربي رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: لا يحل مال امرئ مسلم , إلا بطيب نفس منه Amr ibn Yasribiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Musulmon kishining ko‘ngildan chiqarib bermagan moli halol bo‘lmaydi” deganlar.
Hokim rivoyati. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 16:14 | Savol-javoblar | 147 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar