O‘tilmagan dars uchun haq
Assalomu alaykum! Ta’lim muassasalarida bir ustozning o‘rniga boshqa hamkasblarning doimiy ravishda o‘rniga-o‘rin darslarni o‘tib (zamena) lekin, o‘zi tomonidan o‘tilmagan darslar uchun ish haqi olishi hukmi qanday bo‘ladi? Ya’ni, darsini o‘tishi kerak bo‘lgan ustozda hech qanday asosiy vaj bo‘lmagan taqdirda. Ularning ko‘pchilik qismi tashkilotda raxbar lavozimidaligini yoki ilmiy daraja va unvonining balandligini yoki ish dargohiga avval ko‘p mehnati singanligini yoki yoshi kattaligini yoki zamonaviy texnikalar bilan yaxshi ishlay olmasligini sabab qilib keltiradilar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shartnomada o‘sha ishni aynan o‘zi bajarishi lozimligi belgilangan bo‘lsa, o‘rniga boshqani ishlatishi joiz emas. Ishlamay pul olishi ham joiz emas. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 06:46 | Savol-javoblar | 173 | Halol va harom