Peniyali (foizli) nasiya savdo

Assalomu alaykum! Muddatli to‘lov orqali turli texnika buyumlari sotiladiku (telifon, televizor 1-3yilga), bu nasiya savdo deyilar ekan. Izlanish hizmatidan nasiya savdo joiz ekanligini o‘qidim. Lekin shartnomada peniya (to‘lov muddatidan kech qolsa foiz) bo‘lmasligi kerak ekan. Shu bois bir (nasiya savdo bilan shug‘ullanadigan) do‘kondan surishtirdim. Sotuvchining aytishi bo‘yicha O‘zbekiston hududa bu kabi ish bilan shug‘ullanuvchi barcha do‘konlar shartnomasida peniya(foiz) bo‘lishi shart ekan, bu ish yuritish qoidasida majburiy ko‘rsatilgan ekan. Yana u odam "-peniyasiz faoliyat yurituvchi do‘kon topa olmaysiz, bu majburiy dedi". Savolim shundaki bu kabi oldi-sotti ishlari joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Peniyasiz savdo qiluvchilar juda ko‘p. Shunaqalardan oling. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 04:35 | Savol-javoblar | 160 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar