Qanday ism qo‘ysam bo‘ladi?

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Hurmatli ustoz, sizdan bir maslahat so‘ramoqchi edim. Inshaalloh yanvarda ayolimning ko‘zi yoriydi. Agar o‘g‘il bo‘lsa “Muhammad”, qiz bo‘lsa “Xadicha” qo‘ymoqchi edim. Ammo “Xadicha” ismi haqida izlansam, ushbu ism muddati etmasdan tug‘ilgan chaqaloqlarga qo‘yilar ekan. Shunga “Tohira” deb ism qo‘yishni o‘yladim. Qaysi birini qo‘ysam yaxshi: Tohirami yoki Xadicha? Javobingiz uchun rahmat. Ustoz, bizlarni duo qiling, zero ustozning shogird haqqiga qilgan duosi mustajob deb eshitganmiz!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Xadija onamizdek bo‘lsin degan niyat bilan qo‘yiladi.

26 May 2022, 18:14 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar