Tarixi Muhammadiy

Assalomu alaykum! Hozirda diniy kitoblar juda ko‘p Alhamdulilloh. Bir diniy kitob o‘qishdan oldin shu saytda uni qidirib ko‘raman, u haqida nima deb javob berishlaringni avval bilmoqchi bo‘laman, adashib noto‘g‘ri kitoblar o‘qib qo‘ymaslik uchun albatta. Lekin Men Tarixi Muhammadiy ( A. Sog‘uniy) kitobini o‘qimoq istagida saytga murojat qildim. Yani bu ku kitobni ichidagi ma’lumotlar barchasi to‘g‘rimi deb. Sizlarda esa bunga o‘xshash savollarga "o‘qisa bo‘ladi" yoki "bo‘maydi" degan javob yo‘q ekan. Yaqinda Kimyoviy saodat kitobini saytdan bildim - noto‘g‘ri joylari borligini, keyin ayamga bu haqida aytganimda sergaklandik. Bu kitobda sahih bo‘lmagan hadislar keltirilgani uchunmi? Yoki G‘iybatga kiradimi? 2. Rabg‘uziy qissalarini bolalarga aytib bersa bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). O‘qish joiz. 2). Ma’lumotlarni ajratadigan darajada ilmi bo‘lmasa, aytmay qo‘yaversin. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 04:46 | Savol-javoblar | 188 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar