Xiyonatga sabr kilish kerakmi?

Assalomu alaykum Shayx janoblari! Ming istixola bilan ushbu maktubni yullayapman. Sizdek davlat va din ishlari band bulgan janobni kimmatli vaktingizni olayotgan bulsam ming bora uzr. Meni kiynayotgan muammo bu turmush urtogim. U kishi yaxshi ota-onaning, islomiy xonadon farzandi. Avvallari besh vakt namoz ukishar, yaxshigina kasblari bor edi. 2 yildan buyon xujayinim faxsh botkogiga botib ketdilar. Kundan-kun yangi ayollarni topishar, kechalari uyga kelishmaydi, oilamizdan baraka kochgan. Kupchilikdan karz bulib ketganlar. Zino botkogiga shu kadar botganlarki, xar xil ayollar menga uylansin deb uyimizga janjal kilib keladi. Oilamiz bilan u kishiga Ollox xidoyat bersin deb duo kilyapmiz. U kishini xamma ishlariga sabr kilib kelyapman. Kechalari bilan uylamey uyga eson-omon kirib kelishlarini surab bedor utiraman. Surunkali uykusizlik meni toliktirib kuyyapdi. 3 farzandimni otasiz ustirmokchi emasman. Menga maslaxat bering. Bundan buyogiga xam sabr kilemi, yoki erimni kasofati menga, farzandlarimga urmasidan javobimni olaymi? Yon-atrofimdagilardan kerakli maslaxatni ololmaganim uchun sizga murojaat kilyapman. Agar javob yozishga vaktingiz bulmasa, bir xovuch duoingizni ayamasangiz. Zora duoingiz kuchi bilan erim insofga kelsa.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh taolo sizga o‘zingiz istaganingizdan afzalini bersin. Eringizga insofu tavfiq va rushdi hidoyat bersin! Qarorni o‘zingiz qabul qilasiz. Hozirda sizning haqqingiz bor.

25 Aprel 2022, 17:23 | Savol-javoblar | 155 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar