Ma’lumotlarda shubxalanish
Assalomu alaykum! 1). Chorsudagi kitob do‘konidan "Namoz ko‘zimning nuri" degan kitob sotib olgandim. Kitobning 58-betida Oisha roziyallohu anho: "Kimki Payg‘ambar Xudo bilan ko‘rishgan desa, gunohkor, buxtonchi bo‘ladi" degan joyi borakan. Bu gap Isro va Me’roj xaqidagi qismda keltirilgan. Bu gapni tushunishda biroz ikkilanish bo‘lib qolyapti. 2). Hozirda mobil telefonlar ekranida turli "promotion"lar paydo bo‘lishi odat tusiga kirgan. Bugun menda xam shu xol bo‘ldi. Telefonimda "men to‘g‘ri yo‘ldamanmi (pastida buni qanday bilaman) yozuv paydo bo‘ldi. Avvaliga darxol rad (ignorirovat) qildim. Yana chikavergach, o‘zi nima ma’lumot berishyapti, bilib siz kabi ustozlarga xabar qilay, yomon tashviqot bo‘lsa, oldi olinar deb qaradim. Asosiy urg‘u "Zabur" yoki "Injil"ga shekilli. https://www.marvarid.org . Ushbu linkini sizlarga yuboryapman. Tekshirib xulosangizni bersangiz, xursand bo‘lardik. Kecha xam jum’a ma’ruzasida qori akamiz xar xil kelayotgan ma’lumotlarga ergashib ketmanglar degandi. O‘zim Ustozimiz Shayx rahimahullohning kitoblarini o‘qiganim uchun bunday shubxali ma’lumotlardan extiyot bo‘laman. O‘zbek fuqarosi sifatida xam buni sizlarga aytishni joiz deb bildim. Vaqtingizni olganim uchun uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallam me’rojda Alloh taoloni ko‘rgan yoki ko‘rmaganligi masalasi e’tiqodiy masala bo‘lib, sahobalar o‘rtasida ixtilof qilingan. Ba’zi sahobalar ko‘rgan desalar, Oisha onamiz kabi boshqalari ko‘rmagan deb aytganlar. Ikki tarafning ham o‘ziga yarasha dalillari bor. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan qat’iy tarzda ko‘rdim yoki ko‘rmadim degan gap yo‘q. Shuning uchun buni biz ham o‘sha holatda qoldiramiz. Ya’ni sahobalardan ba’zisi ko‘rganlarini ba’zilari ko‘rmaganliklarini aytadilar. Haqiqiy ilm Alloh taoloning huzurida deymiz. Inson qalbi pokiza idish kabidir. Unga nima tushsa albatta o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Umar roziyallohu Tavrotdan bir sahifa olib kelib o‘qiyotganlarida qattiq noroziliklarini izhor qilganlar. Ko‘rmaysizmi ko‘chada yotgan najosatga ko‘zingiz tushsa bir necha kun tabiatingiz buhuzur bo‘ladi va har holatda xayolingizga kelaveradi. Bundan qutilishning yo‘li keyingi safar unga qaramaslikdir. Qolgan narsalar ham shunday. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:38 | Savol-javoblar | 137 | Aqiyda