Namozdagi kulgu

Assalomu alaykum! Vitr namozini jamoat bilan o‘qiyotgandim ovoz chiqarib kulib yubordim(yonimdagilar eshitdimi yoki yo‘qmi bilmadim), qanday yo‘l tutishni bilmay namozni oxiriga etkazib qo‘ydim. Agar qastdan tahoratsiz namoz o‘qisa shariatni o‘yin qilgani uchun kofir bo‘ladi deb eshitdim. Namozni tahoratsiz holda tugatdimmikan deb xavotirdaman, qanday maslahat berasizlar? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qo‘rqmang. U kofir bo‘lishi uchun namozni pisand qilmay tahoratsiz o‘qishdan bo‘ladi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 20:30 | Savol-javoblar | 155 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar