Ishxonamizdagi rus aëli
Assalomu alaykum! Har kuni ishxonamga rus aël kelib chiqindilardi olib ketadi. Kecha olaëtgan paytida ozgina dini xaqida gap ochdim. Aytimki: Siz Biblya o‘qiysizmi, diniz nima, Isus deb kim deb o‘ylasiz dedim. U aytdiki: men rusman, Biblya o‘qiganman, Isus Xudoni o‘qli dedi. Meni birdan mazzam qochdi. Men boshqa usul bilan dindan chiroyli suxbat qildim. Xamma Payg‘ambarlardi aytib chiqdim Iso alayhissalom xam payg‘ambar dedim. Robbim bitta Uni o‘g‘li yo‘q, U yagona, biz uning qullarimiz dedim. Yana ko‘p gaplar aytdim. Ko‘ngli boshqacha bo‘ldi, dinga nisbatan mexirli bo‘ldi birdan o‘zgardi. Men senga zo‘r mo‘jizali kalimai shaxodatni aytsam aytasizmi dedim Xa dedi ,,La ilaxa illAlloh Muxammadu Rasulullox,, deb aytdi. Men varoqqa ëzib berdim, xar kuni ko‘p ko‘p o‘qigin Inshollox ishingiz xam yurishadi, bolangizga xam ayting ko‘p ko‘p o‘qisin tezroq qamoqdan chiqadi, jannat vada qilingan bu kalimani ixlos bilan aytganga deb aytdim. Yig‘lab yubordi xursand bo‘ldi ko‘p raxmat aytdi. Xar kelganida xar kuni aytib yuribman deb xursand bo‘ladi. Ustoz bir kishini do‘zaxdan saqlanishiga sabab bo‘ldim deb necha kun xursand bo‘ldim. Yana bitta musulmon ummat ko‘paydimi deb rossa yig‘ladim. Xarakat qilaman yana ko‘paytirishga. Ustoz noto‘g‘ri gapirib qo‘ymadimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha kalimada bardavom bo‘lsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislarida zikr qilgan xushxabarga tushadi. عَنْ مُعَاذِ بْنِ جَبَلٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ كَانَ آخِرُ كَلَامِهِ لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ دَخَلَ الْجَنَّةَ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ وَالْحَاكِمُ وَصَحَّحَهُ Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kimning oxirgi kalomi «Laa ilaaha illallohu» bo‘lsa, jannatga kiradi», dedilar».
Abu Dovud, Termiziy va Hokim rivoyat qilganlar va Hokim sahih, degan.
Sharh: Alloh taolo barchalarimizni ana shunday chiroyli o‘lim topgan, baxtli bandalari qatorida qilsin.
Qani endi hamma ham shunday ish tutsa edi. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 05:19 | Savol-javoblar | 160 | Islam