Imtihonda qazo bo‘lgan namozlar

Assalomu alaykum! Men universitetga hujjat topshirdim. Imtihon kunim 17:00 dan 20:00 gacha deb belgilandi. Imtihon sababli asr va shom namozim qazo bo‘lib qoladi. Buning hukmi qanday bo‘ladi, Men gunohkor bo‘lib qolmaymanmi? Namoz qazo bo‘lmasligi uchun imtihon vaqtida (o‘tirgan joyimda) hayolimda namoz o‘qisam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Asrni ikki vaqti bor. O‘shaning birida o‘qisangiz bo‘ladi. soat 20:00da shom qazo bo‘lmaydi. chunki shomni xuftonga azon aytguncha o‘qisa bo‘ladi. Siz aytgan vaqtda xufton kirmagan bo‘ladi. Xayolan namoz joiz emas. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 05:19 | Savol-javoblar | 137 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar