Shu qo‘yni qurbonlik qilsa bo‘ladimi?

Assalamu alaykum! Ustozlar bir tanishimiz qurbonlik qilaman deb ikki oycha oldin bir qo‘chqor sotib olgan va em berib boqayotgandi, tasodif qurbonlikka chamasi 20 kuncha qolganida qo‘chqor siya olmaydigan kasalga yo‘liqdi. Shifokor ko‘rib, ukol qilib, siydirib turishni tavsiya qildi. Hozir shu usul bilan qo‘yni ushlab turilibdi. Shu qo‘chqorni qurbonlik qilsa bo‘ladimi? Qo‘yni eyishi yaxshi, o‘zi semiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qurbonlikka salomat qo‘yni so‘yiladi. Bu qo‘y salomat emas, qodir bo‘lsa boshqasini so‘ysin. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:55 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar