Oq bo‘lgan farzand haqidagi hadis
Assalomu alaykum! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Albatta banda ota-onasining ikkisi yoki biri uni oq qilgan holda vafot topsa, so‘ng farzand ikkisining haqqiga duo qilishda va ularni mag‘firat qilishni so‘rashda bardavom bo‘lsa, ota-onasiga oq bo‘lgan bo‘lsa ham, Alloh taolo uni “ota-onasiga yaxshilik qilgan” deb yozib qo‘yadi” dedilar. Bayhaqiy rivoyati. وأخرج البيهقي في الشعب عن الأوزراعي قال : بلغني أن من عق والديه في حياتهم ثم قضى دينًا إن كان عليهما، واستغفر لهما، ولم يستسب لهما كتب بارًا، ومن بر والديه في حياتهما، ثم لم يقض دينًا إذا كان عليهما، ولم يستغفر لهما، واستسب لهما كتب عاقًا Avzoiy : “Kim ota-onasining hayotlik davrida ularga oq bo‘lib, vafotlaridan keyin bo‘lsa ham ota-onasining zimmasidagi qarzlarini ado qilsa va Allohdan ularni mag‘firat qilishini so‘rasa va ularga haqorat olib beradigan ishni qilmasa, “ota-onasiga yaxshilik qiluvchilardan” deb yozib qo‘yiladi. Kim ota-onasi hayotliklarida ularga yaxshilik qilsa, so‘ng vafot topganlaridan keyin zimmalaridagi qarzlarini ado qilmasa, gunohlarini mag‘firat qilinishini so‘ramasa va ularga haqora olib beradigan ishlarni qilsa, “ota-onasiga oq bo‘lgan” deb yoziladi”. Bayhaqiy rivoyati. Shu hadislar saxixmi? Haqiqatdan ham ota ona oq qilib vafot etsa, so‘ng ortidan Allohdan mag‘firat so‘rab duo qilinsa ota onaga yaxshilik qiluvchilardan deb yoziladimi? Ya’ni oqligi o‘chiriladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ha, solih farzandlar qatoriga kiradi. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 05:30 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ha, solih farzandlar qatoriga kiradi. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 05:30 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar