Kiber xavfsizlik haqida
Assalomu alaykum! Mening soham kiber havfsizlik va suniy intellekt sohasi, sizlardan bir narsani so‘ramoqchi edim bilamizki yurtimizdagi tizimlarning havfsizligi juda zaif ularning havfsizligini osonlik bilan aylanib o‘tib etarlicha zarar berish mumkin, men yurtimizda bu sohani rivojlanishini va bizda ham yaxshi mutahassizlar chiqishini hasker deganda insonlar telifon ustasi, shifi instagram, fasebook akkauntlarni buzuvchi shaxslarni chunishini istamayman, hasker faqat yomon inson bo‘lmaydi ular 3 toifaga bo‘linadi, telifon ishlab chiqaruvchi kompaniylarda ham tizimning havfsizligini taminlash uchun himoya qobiqlarini yaratuvchi haskerlar bo‘ladi ular asosan (oq shlyapali hasker ) yoki (Pentester) deb nomlanadi. Savolim shundaki men bu sohani insonlarga o‘rgatishim to‘g‘rimi? Qo‘rqayotgan narsam men ularga o‘rgatgan narsalarimdan noto‘g‘ri maqsadda foydalanishlari mumkin chunki biror tizimni himoya qilish uchun uni buzish kerak va shunga qarab himoya qilinadi. Men ularga bu narsalarni o‘rgatsam ular yomon maqsadda o‘rganishsa ularning gunohiga sherik bo‘lib qolmasmikinman. Chunki hozirgi ko‘p yoshlarimiz (haskerlik, kiber havfsizlik)ni o‘rganib saytlarni buzib ko‘rgisi keladi. Bir do‘stimdan shu haqida so‘rasam hamma narsani yomon maqsadda foydalansa bo‘ladi masalan yostiq ishlab chiquvchi uni insonlar bir birini yostiq bilan bo‘g‘ib o‘ldirishi uchun ishlab chiqarmaydi yoki pichoq ham kimnidir o‘dirish uchun chiqarilmaydi deb misollar keltirdi va sen niyatingni to‘g‘ri qil dedi. Nima qilishimni maslahat berasizlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Islomda, “Dinda yaxshilikda hamkor bo‘linglar, yomonlik va gunohda hamkor bo‘lmanglar” degan qoida aytilgan. Har bir inson o‘z ishini shunga solib ko‘rishi kerak. Ishlab chiqariladigan narsalar uch turga bo‘linadi. Faqat gunoh uchun ishlab chiqariladiganlar, faqat yaxshilik uchun ishlab chiqariladiganlar va umumiy maqsadda ishlab chiqariladiganlar. Ammo kimdir ularni yaxshi maqsadda va kimdir uni yomon maqsadda ishlatadi. Masalan oddiy pichoq. Kimdir undan oshxonalarda yaxshi ishlarga foydalanadi. Kimdir u bilan jinoyat sodir qiladi. Hozirgi kundagi telefon, radio, internet kabilar ham xuddi shunday. Sizni narsangizni ham kimlardir yaxshi maqsadda va kimlardir yomon maqsadda ham foydalanadigan bo‘lib, yuqoridagiga tushsa qilish joiz. Yomon maqsadda foydalanishini ochiq-oydin aytsa unga bu narsani qilib berishingiz joiz emas. Bu xuddi bilib turib qotilga pichoq yasab bergandek bo‘ladi. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 05:30 | Savol-javoblar | 160 | Ta’lim va muta’allim