Inson qayta tirilishi

Assalomu alaykum! Inson qayta tiriladimi? Qayta tirilmaslikka ishinish gunohmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qayta tirilishga ishonmaslik kufr hisoblanadi. Chunki iymon deb quyidagi narsalarni tasdiq qilishga aytiladi. Ulardan birortasini inkor qilsa yoki shak qilsa mo‘min bo‘lmaydi. Allohga, rasuliga, farishtalariga, kitoblariga, yaxshilik ham yomonlik ham Allohdan ekanligiga va o‘lgandan keyin qayta tirilishga. Oddiy danak yoki urug‘dan o‘sha danakni mevasini bergan daraxt unib chiqishi shak-shubhasiz va ko‘z oldimizda namoyon bo‘lib turgan bo‘lsayu, odamdan ham bir ajbuzzanab degan urug‘ qolib, o‘sha urug‘dan odam o‘sib chiqishini inkor qiladimi? Vallohu a’lam!Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing.
https://islom.uz/maqola/3943

9 May 2022, 05:52 | Savol-javoblar | 173 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar