aloxida yotish

Xurmatli shayx xazratlari. Turmush urtogim emizikli bolamni baxona kilib, bolalar xonasida uxlaydi. Kupincha chorlasam, kelmaydi. Ertalab jaxlim chiksa, "Chiksam, bola uygonib kolardi", deydi. Extiyojimni kondiray, desam, u uzini tortaveradi. uzi xoxlasa, fursat tapadi(xar kalay menga shunday tuyuladi). Shu xolat oramizni uzoklashtiryapti, deb uylayman. Diniy ilmi bor, fakat uzinikini ma’kullayveradi. Umidim borki, Sizning nasixatingizni oladi. Tugrisi chakirganimda kelmagan kunlari kuchada kunglim buzulib yuradi. uzimdan, undan nafratlanib ketaman. Meni shaxvatparastlikda ayblaydi. Naxotki, shu extiyojim tufayli aybdor bulsam. Uzim imkon kadar diniy xayot kechirishga xarakat kilaman. Oiladagi muammolarimni xam (aka-opalarimni gapiga kura emas) shar’iy yul bilan xal kilaman. Ammo keyingi paytlarda kiynalib ketdim. Balki xamma muaamolarimiz aloxida xonada yotganimizdadir? Nasixat va duolaringizga muxtoj, Abdullox
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qachon er o‘z xotinini to‘shagiga chaqirsa-yu, u kelishdan bosh tortsa, uni farishtalar tong otguncha la’natlab chiqurlar», dedilar».Uchovlari rivoyat qilishgan.Sharh: Ushbu rivoyatda erning xotindagi yana bir muhim haqi ustida so‘z bormoqda.Uchinchi haq ayol kishi eri xohlagan vaqtda shar’iy uzr bo‘lmasa, uning jinsiy ehtiyojini qondirishi kerak. Shar’iy uzr deyilganda, farz ro‘za tutgan, hayz yoki nifos ko‘rgan holatga o‘xshash dinda jinsiy aloqa man qilingan holatlar ko‘zda tutiladi. Zotan, eru xotin bo‘lib oila qurib yashashning imtiyozlaridan biri ham shu. Erdir, ayoldir, xohlagan vaqtida o‘zining jufti haloli bilan, oila doirasida, shar’iy nikohda, halol-pok yo‘l bilan jinsiy ehtiyojlarini qondirish imkoniga egadir.Ayol kishi eri uni to‘shakka chaqirgan paytda bosh tortsa ana o‘sha asosiy maqsadlaridan birini bajarishdan bosh tortgan bo‘ladi. Bu ish asta-sekin sog‘liq, mehr-muhabbat, ijtimoiy va bosh-qa taraflardan zararlar etishiga, bora-bora oi-lada kelishmovchilik keltirib chiqarib, hatto uning buzilishiga olib borishi ham mumkin. Shuning uchun ham bu ishni Islom shariatida o‘ta muhim ahamiyatga ega ish sifatida baholangan. Bu ma’noni hozirgi zamonda turli insonga xos ilmlar ham tasdiqladi.Ushbu hadisda mazkur ishda eriga itoat etmagan ayolga farishtalar tong otguncha la’nat aytib chiqishlari ham bejiz ta’kidlangan emas. Farishtalar uncha-muncha narsaga la’nat aytavermaydilar. Bu ma’noni va haqni har bir kishi yaxshi tushunib olishi, unga amal qilishi lozim.U kishiga ushbuni o‘qiting.

20 Aprel 2022, 21:10 | Savol-javoblar | 191 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar