Allohga etishish

Assalomu alaykum! Allohga etishish uchun nimalar qilish kerak? Ya’ni tezroq bu olamdan ketish va InshaAlloh jannatga tushish uchun.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz o‘zingizga o‘lim so‘ramang. عَنْ أَبِي بَكْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَجُلًا قَالَ: يَا رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، أَيُّ النَّاسِ خَيْرٌ؟ قَالَ: مَنْ طَالَ عُمُرُهُ وَحَسُنَ عَمَلُهُ، قَالَ: فَأَيُّ النَّاسِ شَرٌّ؟ قَالَ: مَنْ طَالَ عُمُرُهُ وَسَاءَ عَمَلُهُ. رَوَى هَذِهِ الثَّلَاثَةَ التِّرْمِذِيُّ Abu Bakra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Bir kishi:
«Ey Allohning Rasuli, odamlarning qay biri yaxshi?», dedi.
«Umri uzun bo‘lib, amali yaxshi bo‘lgani», dedilar.
«Odamlarning qay biri yomon?» dedi.
«Umri uzun bo‘lib, amali yomon bo‘lgani», dedilar».
Ushbu uchtani Termiziy rivoyat qilgan. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 03:42 | Savol-javoblar | 144 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar