Erimning bu gapidan keyin nima qilay

Assalomu alaykum! Turmushga chiqqanimga bir yarim yil bo‘ldi. To‘ydan 2oy o‘tib homilador bo‘ldim. 3oydan keyin erim ishlagani chet elga kettila homilam 7oylik bo‘lganida bazi sabablarga ko‘ra bolamni operatsaiya qilib olishga to‘g‘ri keldi 10kun yashab vafot etdi o‘g‘lim. Juda qattiq tushkunlikka tushib qoldim. Shundan keyin uydagilani menga muomalasi o‘zgara boshladi ayniqsa qaynonam menga qarshi bo‘lib qoldi. Menga tuxmatlar yolg‘on bo‘xtonlar ham qilib boshlashdi. Bu gaplarga chiday olmay ota onamni uyiga ketishga majbur bo‘ldim 4oydan buyon shu erdaman. Yaqinda arab tilini o‘rgatadigan kurs ochildi. Men o‘rganyapman o‘sh erga borib 1yildan oshdi erimni chet elga ketganiga menga umuman pul bermaydi turmush o‘rtog‘im namoz o‘qimaydi ko‘p yolg‘on gapirib turadi. Avvaliga erim ruxsat berdi o‘rganishimga hozir esa "bormaysan o‘rganmaysan borsang men sendan rozi emasman" deb qoldi. O‘zim uyda o‘tirib tikuvchilik qilaman namoz o‘qiyman nafl ro‘zalarini tutib turaman. Turmush o‘rtog‘imga qancha tushuntirmayin ko‘nmadilar arab tilini o‘rganishimga, keyin "taloqsan" deb sms xabar yubordila. Bizni o‘rtamizga taloq tushdimi? O‘qigan namozim olyatgan ilmim qabul bo‘lmaydimi? Nafl ro‘zasini tutishda erimdan ruxsat so‘raymi? Farzandim o‘lgan bo‘lsa ham unga taloqni tasiri bormi? Men qandan yo‘l tutsam to‘g‘ri ish qilgan bo‘laman? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizga taloq tushgan. Iddangiz tugashi bilan eringiz bilan o‘rtangizda nikoh qolmaydi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 20:47 | Savol-javoblar | 159 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar