"Kredit-axborot-tahlil markazi"da ishlash

Assalomu alaykum hurmatli hay’at a’zolari! Men Axborot Texnologiyalari sohasida ishlayman. Yurtimizda "Kredit-axborot-tahlil markazi" tashkiloti mavjud. Bu tashkilot quyidagi ish faoliyatini olib boradi: "Kredit byuro faoliyatining asosiy yo‘nalishlari: - kredit axboroti sub’ektlari – jismoniy va yuridik shaxslarning kredit tarixi ma‘lumotlar bazasini shakllantirish; - kredit tarixi ma’lumotlarini foydalanuvchilarga va kredit sub’ektining o‘ziga taqdim etish xizmatini ko‘rsatish; - kredit axboroti sub’ektlarining moliyaviy faoliyatini tahlil qilish va ularning reyting tizimini shakllantirish; - kredit axboroti sub’ektlarining to‘lov qobiliyati, kredit layoqati va to‘lov intizomini baholashda yordam berish. Kredit byuro tomonidan ishlab chiqilgan Avtomatlashtirilgan kredit axboroti almashinuvi tizimi Respublikaning barcha (110 dan ziyod) tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarini qamrab olgan. Xozirgi kunda (2019 yil 01 yanvar holatiga) kredit byuro ma’lumotlar bazasida 9 135 mingdan ziyod jismoniy shaxslar va 685,6 mingdan ziyod yuridik shaxslarning kredit tarixi ma’lumotlari mavjud." Ushbu tashkilotdan ish taklifi kelib tushdi. Savolim quyidagicha: Bunday tashkilotda ishlash joizmi (Halollik nuqtai nazaridan ribo qilgan bo‘linmaydimi)?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ishlamang. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 09:15 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar